Ilon Mask va Jeff Bezos raqobati fazoda davom etadi
«Amazon.com Inc.» yo‘ldoshli internetni rivojlantirish loyihasiga ko‘p milliard dollarli sarmoya kiritmoqda, deb xabar berdi «Financial Times».
Ushbu loyiha Ilon Maskning «Starlink» loyihasiga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda. «Amazon» o‘z fazoviy internetini ro‘yobga chiqarish uchun bir yo‘la uch aerokosmik kompaniya bilan shartnoma tuzdi — «Arianespace», «United Launch Alliance» (ULA) hamda Jeff Bezosning o‘ziga qarashli «Blue Origin».
Loyiha yaqin besh yil davomida Yer quyi orbitasiga internet-yo‘ldoshlarni olib chiqish uchun jami 83 marotaba raketa-tashuvchilarni uchirishni ko‘zda tutadi.
Kompaniya o‘z yo‘ldoshli yuqori tezlikdagi internetini oddiy foydalanuvchilar, tadbirkorlar va davlat idoralari uchun taqdim etmoqchi.
Raqobatchi «Starlink» shu paytgacha 2 mingdan ortiq yo‘ldoshlarini fazoga olib chiqib, internet xizmatlari ko‘rsatishni boshlab yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter