Ilon Mask XKSdan voz kechish va Marsga uchishga chorladi

Milliarder hamda AQSh davlat samaradorligi departamenti rahbari Ilon Mask Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ni orbitadan olib tashlash va Marsga parvozga tayyorlanishga chorladi.
«XKSni orbitadan tushirishga tayyorlanish fursati keldi. U xizmatini qilib bo‘ldi. Endi foydasi juda kam. Marsga uchamiz», — deb yozdi Mask X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi postida.
Ma’lumot uchun: Xalqaro kosmik stansiya Yer orbitasida 1998-yil 20-noyabrdan buyon ishlamoqda. Stansiya og‘irligi — 435 tonna atrofida, borib ulangan kemalar bilan birga 470 tonnagacha yetishi mumkin. Loyiha ishtirokchilari: AQSh, Rossiya, Kanada, Yaponiya va Yevropa kosmik agentligiga a’zo 10 mamlakat — Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Fransiya, Shvetsiya, Shveysariya).
Rossiya matbuoti yozishicha, bu mamlakat XKSda 2028-yilgacha qolishni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter