Ilon Mask «yo‘qolib qoldi»
Amerikalik tadbirkor, dunyoning eng boy kishisi, Twitterning yangi egasiga aylanishga hozirlanayotgan Ilon Mask, bir haftadan oshdiki, ijtimoiy tarmoqda bittayam post yozmadi.
Holbuki, «Aksios» portali hisob-kitoblariga ko‘ra, Mask bu tarmoqda kuniga o‘rtacha 21 ta tvit yoki haftasiga 145 ta tvit qilib kelgan. 16-iyungacha vaziyat shunday edi. Maskning so‘nggi posti 21-iyun kuni qo‘yilgan foto — unda benzin va dizel yonilg‘isi bir xil narxdaligini ko‘rish mumkin.
Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Ilon Maskning obunachilari soni 100 million kishidan oshadi.
Eslatib o‘tamiz, milliarder kompaniyani 44 mlrd dollarga sotib olish taklifini kiritgan, bitim 24-oktyabrda yopilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter