Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Maskning «Twitter»dagi posti qimmatga tushdi

Ilon Maskning «Twitter»dagi posti qimmatga tushdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask «Twitter» foydalanuvchilaridan yordam so‘radi: «boylarga solinadigan soliq»ni to‘lash uchun «Tesla»ning 10 foiz aksiyalarini sotsammi-yo‘qmi?

AQShda hozirda ushbu qonun («boylarga solinadigan soliq») loyihasi ko‘rib chiqilyapti. Uni qabul qilishsa, 10 nafar eng boy amerikalikka davlat g‘aznasiga 5 milliardan 10 milliard dollargacha soliq to‘lashga majburiyati yuklatiladi.

«Oxirgi paytlarda amalga oshirilmagan foyda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash vositasiga aylangani haqida ko‘p gapirilyapti, shu bois men «Tesla»dagi 10 foiz o‘z aksiyamni sotishni taklif qilaman. Siz buni qo‘llab-quvvatlaysizmi? Nima bo‘lganda ham ushbu so‘rov natijalariga quloq tutaman», — deb yozdi Mask «Twitter»da.

Maskning ushbu so‘rovidan so‘ng «Tesla» tokenlari (kriptovalyuta) qiymati 6,8 foizga pasaygan. FTX kriptovalyutalar birjasida kompaniya tokenlari 7-noyabr sanasida $1139 dan sotilgan, bu 5 noyabrdagidan 6,8 foizga past. Agentlik bugun, 8-noyabr kuni savdo maydonlari ochilganidan so‘ng «Tesla» qimmatbaho qog‘ozlari narxida pasayish kuzatilishi mumkinligini ham ehtimoldan soqit qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Tesla» aksiyalari qimmatlashuvi ortidan Ilon Mask aql bovar qilmas darajada boyib ketgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring