Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ImtihonGo mobil ilovasida o‘zgarish: imtihonlar o‘tadigan joylarning geomanzillari yangilandi

ImtihonGo mobil ilovasida o‘zgarish: imtihonlar o‘tadigan joylarning geomanzillari yangilandi

Foto: TATU

2020-2021-o‘quv yili qabulida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan joylar geomanzillarini ko‘rsatuvchi ImtihonGo ilovasi ishga tushirilgan edi.

Mobil ilova Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqilgan.

Xabaringiz bor, pandemiya sababli, test sinovlari o‘tkazilishi muddati va joylari o‘zgardi.

Joriy yilning 2-sentyabridan boshlab mamlakatimizda ochiq maydonlarda – stadion va xiyobonlarda imtihonlar o‘tkazilishi belgilandi. Shu boisdan ilovaga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Shuningdek, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.

ImtihonGo mobil ilovasi yordamida abituriyentlar:

  • imtihon bo‘ladigan stadion yoki xiyobon manzilini tez va oson topa olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
  • imtihon vaqti va joyi haqidagi xabarnomani olishlari;
  • Davlat test markazining abitur.dt.uz hamda qabul.dtm.uz rasmiy veb-saytlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishlari mumkin.

Ushbu ilova abituriyentlar uchun o‘ziga xos ko‘mak va madad bo‘la oladi.

Ilova mualliflari TATU magistri G‘. Nazarov hamda «Radio va mobil aloqa» fakulteti talabasi H. Baxtiyorovlar.

Mobil ilova Google Playga joylashtirilgan: bu yerdan yuklab olish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring