Innovatsiyalar yaqinroq: Mobiuz Toshkentda zamonaviy Labzak xizmat ko‘rsatish markazini ochdi (video)

Toshkentda Mobiuz’ning zamonaviy xizmat ko‘rsatish markazi ochilishi ICT Week 2025 bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib, kompaniyaning mamlakatni raqamlashtirish jarayoniga qo‘shayotgan hissasini yana bir bor namoyon etdi.
«Insonlarni birlashtirib, innovatsiyalar bilan kelajak sari»
Mobiuz mobil aloqa operatori butun mamlakat bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari tarmog‘ini yangilashni davom ettirmoqda. Mobiuz Labzak ofisi «Insonlarni birlashtirib, innovatsiyalar bilan kelajak sari» falsafasining timsoli bo‘lib, Mobiuz xizmat ko‘rsatishning har bir jihatiga raqamli yechimlarni joriy etishga intilayotganini aks ettiradi.
Bu yerda abonentlar tariflar va internet-to‘plamlarni faollashtirishi, xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi, maslahat va texnik yordam olishi mumkin. Qulaylik va raqamli texnologiyalarga alohida e’tibor qaratilgan: navbatni boshqarishning elektron tizimlari, zamonaviy axborot ekranlari va kompaniyaning barcha xizmatlaridan tez foydalanish imkoniyati mavjud.
Ofisning tashqi ko‘rinishi va ichki maydoni Mobiuz’ning o‘ziga xos uslubida ishlab chiqilgan. Tashrif buyuruvchilar uchun qulay xizmat ko‘rsatish hududlari, korporativ mijozlar va dilerlar uchun alohida joylar yaratilgan, shuningdek, alohida ehtiyojli shaxslar uchun ham sharoitlar ko‘zda tutilgan.
G‘amxo‘rlikning o‘ziga xos muhiti
Yangi Xizmat ko‘rsatish markazida ishchan va do‘stona kayfiyat uyg‘unlashgan o‘ziga xos muhit yaratilgan. Xodimlar uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan qulay oshxona, kiyim almashtirish xonalari, shinam dam olish hududlari va faol hordiq chiqarish joylari mavjud. Stol tennisida qisqa o‘yin yoki PlayStation bilan bir necha daqiqa shug‘ullanish kundalik ishlardan chalg‘ishga va yangi vazifalar uchun quvvat olishga yordam beradi.
Ish joylari eng mayda tafsilotlarigacha puxta o‘ylangan: ular yorug‘, qulay va samarali ishlashga ko‘maklashadi. Bunday yondashuv xodimlarga o‘zlarini ishonchli va erkin his qilish, shu bilan birga mijozlarga maksimal darajada e’tiborli bo‘lish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va abonentlarning har qanday so‘rovlariga yechim topish imkonini beradi.
Asosiy yangiliklardan biri zamonaviy texnika bilan jihozlangan anjumanlar zali bo‘ldi. Bu yerda taqdimotlar, hamkorlar bilan uchrashuvlar va ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. Bu esa ofisga nafaqat xizmat ko‘rsatish markazi, balki raqamli muloqot va rivojlanish maydoni vazifasini ham bajarish imkonini beradi.
Raqamli makon va yuqori darajadagi xizmat
Ofisning rasmiy ochilish marosimida Mobiuz raqamli o‘zgarishlar markazida bo‘lishga intilayotgani ta’kidlandi. Labzak Xizmat ko‘rsatish markazi oddiy ofisdan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Bu har bir abonent tarif, internet yoki yangi xizmatlarni ulashi, maslahat olishi, hayotni osonlashtiradigan raqamli xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘lgan zamonaviy makondir.
Bayram tadbirini nishonlash munosabati bilan mehmonlar uchun ko‘ngilochar dastur, viktorinalar va korporativ sovg‘alar o‘yinlari o‘tkazildi. Ofis ochilishining dastlabki kunlarida kompaniyaga ulanayotgan yangi abonentlar qo‘shimcha sovg‘alar va maxsus bonuslar olishadi.
Labzak Xizmat ko‘rsatish markazi har kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha, tanaffussiz va dam olish kunlarisiz faoliyat yuritadi.
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 1a-uy (joylashuvi: https://yandex.uz/maps/-/CLe6j8ml).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter