Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Instagram nosozliklar bo‘yicha yangi funksiyani ishga qo‘shadi

Instagram nosozliklar bo‘yicha yangi funksiyani ishga qo‘shadi

Instagram o‘z foydalanuvchilariga nosozliklar va muammolar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, dastur ichida xabar beradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq matbuot xizmati rasmiy saytida ma’lum qildi.

«Biz yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqdamiz, bu dastur ishlamay qolganda yoki texnik nosozliklar yuz berganda, shuningdek ular bartaraf etilganda sizga xabar beradi», — degan matbuot xizmati.

Kompaniya rahbariyati AQShda bir necha oy davomida ijtimoiy tarmoqdagi yangi variantni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirilgan.

«Bu kabi sababsiz uzilishlar foydalanuvchilarnin jahlini chiqarishi mumkin, shuning uchun biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturda nima bo‘layotganini tushunishni osonlashtirmoqchimiz», —deya tushuntirgan matbuot xizmati.

Dasturda xatolik yuz bergani haqidagi xabarlar har safar yuborilmaydi, faqat foydalanuvchilar xavotirga tushib, javob izlayotgandagina ma’lum qilinadi.

Xizmat foydalanuvchilarga profil va kontentni tarqatishda nima xatolik yuz berganiligini tushunishga yordam beradi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda yana uzilishlar yuz bergan holati kuzatilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring