Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«iPad» odam o‘ldirgani uchun «Apple»ni sudga berishdi

«iPad» odam o‘ldirgani uchun «Apple»ni sudga berishdi

Foto: «New York Daily News»

Smartfonlar, planshetlar va boshqa gadjetlarning yonib yoki portlab ketishi sababli yong‘in chiqishi, kishilar jarohatlanishi holatlari uchrab turadi. Ammo bunday vaziyatlarning ham kamdan-kam qismi fojia bilan tugaydi.

Amerikalik Juliya Ayrlend Meo (Julia Ireland Meo) o‘zi yashayotgan Nyu-Jersi shtati sudiga «Apple» korporatsiyasi ustidan ariza topshirdi, deb xabar berdi «Terabayt».

Uning da’vosiga ko‘ra, otasining o‘limiga «iPad» sababchi bo‘lgani uchun uning ishlab chiqaruvchisi javob berishi kerak.

Bredli Ayrlend (Bradley Ireland) chindan ham «iPad» sababli kvartirada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan. Da’vo arizasiga ko‘ra, bu fojia 2017 yilning 22 fevralida yuz bergan. Yong‘in aynan planshet nuqsoni, aniqrog‘i – uning akkumulyatori portlashi sababli kelib chiqqan.

Juliyaning ta’kidlashicha, «iPad» portlashi otasining o‘limiga sabab bo‘lgan, shuning uchun ham «Apple» yetkazilgan zararni qoplab berishi lozim. Ammo korporatsiya to‘lab berishi kerak bo‘lgan mablag‘ miqdori arizada ko‘rsatilmagan – uni sud belgilaydi. Shuningdek, planshetning modeli ham, undagi akkumulyator original yoki yo‘qligi ham ma’lum qilinmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring