Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 13 Pro Max — displeyi eng yaxshi smartfon

iPhone 13 Pro Max — displeyi eng yaxshi smartfon

Foto: «DxOMark»

«DxOMark» ekspertlari yangi iPhone 13 Pro Max displeyi sifatini juda yuqori baholashdi. Shu pastgacha yetakchi sanalgan Huawei P50 Pro — endi ikkinchi.

iPhone 13 Pro Max 99 ball to‘pladi. Ekspertlar shu paytgacha hech bir smartfon displeyini bunchalik yuqori baholashmagan. iPhone 13 Pro Max ekrani tomosha payti silliqligi, a’lo darajadagi ranglar uzatmasi va ajoyib HDR10 uchun maqtovga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: iPhone 13 Pro Max 6,7 smartfoniga dyuymli OLED-displey o‘rnatilgan. DxOMark bu displey istalgan sharoitda a’lo darajada o‘qiluvchanligini ta’kidladi: «shunchaki ajoyib».

Albatta, nuqsonlari ham yo‘q emas, masalan, sukut bo‘yicha tungi qulay o‘qish rejimida bo‘lganida yetarlicha yorug‘lik bera olmaydi, qolaversa, ko‘k yorug‘lik filtri yoqilganida to‘q sariq aksni kuchliroq qaytaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring