Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 14 sun’iy yo‘ldosh bilan ham bog‘lanadi

iPhone 14 sun’iy yo‘ldosh bilan ham bog‘lanadi

Foto: ProstoMOB

Apple kompaniyasining navbatdagi smartfonlari (iPhone 14) yer quyi orbitasidagi yo‘ldoshlar bilan bog‘lana oladi. Bu qulaylik uyali aloqa signallari yo‘q joylarda qutqaruv xizmatlariga qo‘ng‘iroq qilish yoki matnli xabar yuborish imkonini beradi.

Bu haqda TMF Associates tahlilchisi Tim Farrarga asoslanib MacRumors yozmoqda. Farrardagi ma’lumotlarga ko‘ra, ayfon orqali yo‘ldoshga bog‘lanish imkoniyati dunyoning faqat ayrim hududlarida mumkin bo‘ladi.

Taxmin qilinishicha, Apple ushbu funksiyani Globalstar bilan hamkorlikda ishga tushiradi. Foydalanuvchi operator bilan bilan alohida shartnoma tuzishi shart emas — xizmat bepul.

iPhone 14 smartfonlarini Apple 7-sentyabrda taqdim etishi mumkinligi haqida xabar bergandik. O‘sha kungi taqdimotda yo‘ldoshli aloqa imkoniyatlari ham borligiga shu munosabat bilan taqdim etilgan tizerda yulduzli osmon tasvirlangani ham ishonishga undaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring