Ispaniyada birinchi to‘lqin elektr stansiyasi quriladi

Ispaniyadagi birinchi to‘lqin elektr stansiyasi Malorkadagi Adriano portida quriladi. Bu haqda «Designboom» xabar berdi.
Elektr stansiyasi Shvetsiyaning dengiz to‘lqinlari yordamida toza energiya olishga ixtisoslashgan «Eco Wave Power» kompaniyasida tayyorlangan.
2 MVt quvvatli stansiya 400 tagacha uyni elektr bilan ta’minlashi kutilyapti.
Shved kompaniyasi bungacha Isroil va Gibraltarda shunday stansiyalarni qurgan. Ispaniyadan so‘ng Portugaliya va Kaliforniya (AQSh)da ham ekologik toza stansiyalarini o‘rnatishni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter