Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT Park rezidentlarining eksport hajmi keskin ortdi

IT Park rezidentlarining eksport hajmi keskin ortdi

2022-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, tashqi bozorlarda xizmat ko‘rsatuvchi IT Park rezidentlari soni 203 tani tashkil etdi. (o‘sish – 2,7 barobar).

IT Park rezidentlari tomonidan bajarilgan eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 barobarga oshdi va $53,2 millionni tashkil etdi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida IT Park rezidentlari soni 747 ta kompaniyani tashkil etdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 155 foizga o‘sdi.

747 ta kompaniyadan:

- 589 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi;
- 157 tasi viloyatlarda ro‘yxatdan o‘tgan;
- 134 ta kompaniya joriy yilning birinchi yarim yilligida tashkil etilgan;
- 94 ta kompaniya IT sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmoqda;
- 107 ta xorijiy kompaniya.

Kompaniyalar faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:

- dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;
- ma’lumotlarni qayta ishlash;
- biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
- IT-ta’lim hamda axborot xizmatlarini eksport qilish.

Shu bilan birga, eksporting 88 foizi AQSh, qolgani esa Buyuk Britaniya, Germaniya, MDH davlatlari va BAAga to‘g‘ri keladi. 2022 yilning oxiriga qadar eksport hajmi $100 millionga yetishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring