Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT Parkda  hududiy vakillar uchun o‘quv treninglari o‘tkazildi (foto)

IT Parkda  hududiy vakillar uchun o‘quv treninglari o‘tkazildi (foto)

10–11-mart kunlari IT Parkda  hududiy vakillar uchun o‘quv treninglari o‘tkazildi.

Ikki kunlik treningning maqsadi IT Markazlar hududiy direktorlari va IT Park hududiy filiallari menejerlarining malakasini oshirish, qo‘shimcha bilim, tajriba to‘plash, shuningdek hududlarda IT sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq turli masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. 

Ushbu tadbirlarda park direktori Farhod Ibragimov boshchiligidagi mas’ul xodimlar ham faol ishtirok etishdi. Shunday qilib, ular ikki kun davomida treninglar spikeri sifatida qatnashdilar hamda trening qatnashchilari bilan birgalikda buxgalteriya hisoboti va moliya, xalqaro aloqalar, «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasi, HP menejmenti, IT Park rezidentligi, startap ekotizimini rivojlantirish va boshqa ko‘plab mavzularni o‘rgandilar.

Davlat tashkilotlari bilan sinxronizatsiya qilish uchun nafaqat IT Park xodimlari, balki Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari ham ma’ruzachilar sifatida qatnashdilar va ular trening qatnashchilari bilan suhbatlashdilar.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 6 ta: Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo va Andijonda IT Park filiallari faol ishlamoqda. 2021 yil oxiriga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Namangan, Xorazm va Surxondaryoda yana 5 ta filial ochish rejalashtirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring