Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ITUning ctandartlashtirish byurosi direktori bilan SG-13 doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

ITUning ctandartlashtirish byurosi direktori bilan SG-13 doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

«O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» DUK ofisida ITUning kelajak tarmoqlari bo‘yicha 13-son Tadqiqot komissiyasi (SG-13) tadbirlari doirasida O‘zbekistonga kelgan Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) Standartlashtirish byurosi direktori Onoe Seizo va Markaz direktori U.A.Shakirov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida «O‘zTTBRM» DUKning quyidagi yo‘nalishlardagi asosiy loyihalari taqdimot qilindi:

  • KomABT – Kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi;
  • Bank Antifrodi – bank sohasida firibgarlikka qarshi kurashish tizimi;
  • MNP – mobil raqamni operator almashtirilganda saqlab qolish imkonini beruvchi xizmat.

Ta’kidlanishicha, ITU-Tning 13-son Tadqiqot komissiyasi kelajak tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha standartlar ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar yuritish uchun mas’ul hisoblanadi. Jumladan, bulutli texnologiyalar, tarmoqlarda ma’lumotni qayta ishlash, kiberxavfsizlik, kvant texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi. Komissiya statsionar, mobil va sun’iy yo‘ldosh aloqalarining konvergensiyasi, tarmoqlarning energiya samaradorligi va ko‘plab kirish infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarini o‘rganadi.

Shuningdek, kvant tarmoqlari, kvant kalitlarni taqsimlash tarmoqlari va ishonchli AKT infratuzilmalari hamda ularning arxitekturalarini standartlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik istiqbollari va tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar. Onoe Seizo O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya va raqamlashtirish yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan tashabbus va sa’y-harakatlarga yuqori baho berdi.

Manba: rtmc.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring