Janubiy Koreyada «yutub solig‘i»ni joriy etishmoqchi
Janubiy Koreya hukumati videokontent bilan shug‘ullanuvchi internet-provayderlarga qo‘shimcha soliq solishni rejalashtiryapti, deyiladi «REGNUM» xabarida.
Yangi soliq chorasi «YouTube» singari OTT-provayderlarni qamrab oladi.
Hukumatdagilarning fikricha, bunday servislar tufayli an’anaviy OAVlar auditoriyasini, davlat esa soliqlarni yo‘qotmoqda. Koreys iqtisodchilarining hisoblashicha, «YouTube»ga egalik qiluvchi «Google» o‘tgan yili Janubiy Koreyaning o‘zidan 4,5 mlrd. dollar ishlagan. To‘langan soliq esa atigi 17 mln. dollar, deyiladi xabarda.
Aytishlaricha, «yutub solig‘i» joriy etilsa, tushgan mablag‘ an’anaviy raqamli OAVni rivojlantirish maqsadlariga ishlatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter