Jizzaxda yosh dasturchilar forumi o‘tkazildi

23-25-noyabr kunlari Jizzax viloyatida Yosh dasturchilar forumi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, IT Park Jizzax filiali hamkorligida tashkil etildi.
Yosh dasturchilar forumi 16-25 yosh toifasi bo‘yicha AKT sohasiga qizqadigan, raqamli texnologiyalarni endi o‘rganayotgan umumta’lim maktablaridagi yuqori sinf o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda yosh frilanserlar o‘rtasida o‘tkazilib, AKT sohasida yoshlarning bilim va malakasini oshirish, frilanserlikni ommalashtirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Forum ikkita bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda respublikamizning AKT sohasidagi eng yetuk mutaxassislar ishtirokida kichik guruhlarda master-klasslar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ikkinchi bosqichida ishtirokchilar «Mobil ilovalar», «Grafik dizayn», «Veb saytlarni yaratish», «Robototexnika» yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlanmalarini taqdim etdilar.
Taqdim etilgan ishlanmalarni baholashda hakamlar tomonidan loyihasining dolzarbligi, aniqligi, kreativligi, hayotga tatbiq etish usullariga alohida e’tibor qaratildi. Tanlov natijalari bo‘yicha 4 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 10 ta nominatsiyada g‘oliblari aniqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas