Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karmanada zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi (foto)

Karmanada zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berilganidek, AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Qiziltepa yoshlari bilan uchrashuvi doirasida Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi.

Bugun, 11-iyun kuni vazir Karmana tumani telekommunikatsiyalar bog‘lamasida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochilishi tadbirida qatnashdi.

Ushbu savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi to‘liq ta’mirdan chiqarilib, funksional jihatdan yangilandi. Tuman aholisi uchun telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish va xizmatlar yuzasidan ma’lumot olish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, bu yerda IPTV va internetga ulanish, «O‘zmobayl» mobil aloqa operatori sim karatalarini sotib olish mumkin.

Ushbu safdo ofisi menejeri Feruza Toshpo‘latovaning aytishicha, kuniga 20-25 nafar mijoz tashrif buyurib, telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishmoqda.

Bog‘lamada xodimlar malakasini oshirish uchun o‘quv markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bog‘lamaning o‘z issiqxonasi ham bor. Bu yerda pomidor va bodiring mahsulotlari yetishtiriladi. 

AKT vaziri Shuhrat Sodiqov shu yerda tashkil etilgan IT-markaz faoliyati bilan ham tanishdi.

Xodimlar va yoshlar bilan qizg‘in muloqot bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbektelekom» AK butun mamlakat bo‘ylab o‘zining shaxsiy savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga ega. Ularda doimiy ravishda xizmatlar yangilanib turadi va kompaniya mijozlari uchun yuqori darajada qulaylik hamda xizmatlarni yaratish uchun modernizatsiyalar amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring