Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘chirish tezligi 100 Mbit/s.dan pasti — keng polosali internet emas

Ko‘chirish tezligi 100 Mbit/s.dan pasti — keng polosali internet emas

Foto: Unsplash

AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) «keng polosali internet-ulanish» tushunchasini yangicha tasnifladi.

Endi «keng polosali internet» deganda ko‘chirish (Download) tezligi 100 Mbit/soniyadan past bo‘lmagan va yuklash (Upload) tezligi 20 Mbit/soniyadan past bo‘lmagan internet aloqasi tushuniladi.

Ma’lumot uchun: 2015-yildan ko‘chirish tezligi 25 Mbit/s, yuklash tezligi 3 Mbit/s bo‘lgan kanal rasman keng polosali internet hisoblangan.

Yangi tasnif muhim ahamiyatga ega, negaki, keng polosali ulanish sifati va provayderlarga qo‘yiladigan talab yanada kuchayadi, bundan yakuniy iste’molchi faqat yutadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring