Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘pchilik yoqtiradigan android-smartfonlar aniqlandi — AnTuTu

Ko‘pchilik yoqtiradigan android-smartfonlar aniqlandi — AnTuTu

Kollaj

AnTuTu benchmarki navbatdagi reytingini taqdim etdi. Bu safar o‘z egalariga hammadan ko‘p yoqadigan android-smartfonlar ro‘yxati tuzildi.

Reytingda 2021-yil iyul oyi ma’lumotlari hisobga olindi. Eng yuqori ballarni o‘tgan yilgi flagmanlar — Honor 30 Pro+ va Samsung Galaxy Note20 Ultra 5G qo‘lga kiritdi.

Honor 30 Pro+. Foto: «Gagadget»
Samsung Galaxy Note20 Ultra 5G. Foto: «Samsung»

Uchinchi o‘rinda — keyinroq chiqqan Oppo Reno6 Pro 5G.

Oppo Reno6 Pro 5G. Foto: «OPPO»

AnTuTu ekspertlari reytingda Oppo Reno6 Pro 5G paydo bo‘lishini uning ayollar uchun «ideal» qurilma ekani bilan izohlashdi.

Bulardan tashqari, Oppo K9 5G, Huawei Mate 30 5G, Meizu 18 Pro, Samsung Galaxy S21 Ultra 5G, Huawei P40 Pro+, Meizu 18 hamda Nubia Red Magic 6 Pro smartfonlaridan ham egalarining ko‘ngli to‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring