LINUX davlat organlari va tashkilotlariga muallif huquqi sohasida yordamchi bo‘ladi
Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va muassasalariga o‘z tavsiyasini beradi.
2019-yilning 3-avgust kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksiga ba’zi o‘zgartirishlar kiritildi, jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning buzilishi uchun jazoni nazarda tutuvchi 1771-modda, ya’ni «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning buzilishi» nomi bilan yangi modda kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabr kuni PQ-4024-sonli Davlat aloqa inspeksiyasiga kompyuter dasturlarini tarqatishda mualliflik huquqi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan bo‘lib shu sabab Davlat aloqa inspeksiyasi bu sohada qonunchilikka amalda rioya etilishini nazorat qiladi.
Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, davlat organlari va muassasalarini legal dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlash uchun 100 mln. AQSh dollari va undan ko‘proq mablag‘ talab qilinadi.
Litsenziyalangan dasturiy ta’minotni sotib olish xarajatlari har qanday tashkilot budjetiga ko‘p zarar keltirishi mumkin.
Davlat aloqa inspeksiyasi ana shu xarajatlardan saqlanish borasida quyidagilarni tavsiya qiladi:
Muammoni hal qilishda bepul dasturiy ta’minotlardan foydalanish mumkin. Eng keng tarqalgan bepul dastur bu LINUX oilasiga mansub operatsion tizimdir. LINUXning iste’molchilari ulardan bepul foydalanishlari mumkin.
Bugungi kunda O‘zaloqanazoratning ishchi kompyuterlariga ochiq kodli operatsion tizimning eng zamonaviy versiyasi bo‘lgan - CentOS Linux 7 (7.6.1810 versiyasi) o‘rnatildi.
Ushbu tizim Davlat aloqa inpeksiyasining talabiga binoan, sertifikatlash organi bo‘lgan «Texnik ko‘maklashish markazi» DUK tomonidan axborot xavfsizligi sohasidagi standartlar talablariga muvofiq sertifikatlangan va 2019-yil 30-avgust kuni muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan.
Ushbu operatsion tizimning axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida olingan tasdiq uni davlat va mahalliy hokimiyat organlarida qo‘llash uchun imkoniyat beradi.
CentOS Linux 7 sertifikatlangan operatsion tizim (7.6.1810 versiya) bepul tizim bo‘lib, har yili millionlab AQSh dollarini tejash va mualliflik hamda turdosh huquqlarga bo‘lgan egalikni buzish, buning ortidan ma’muriy javobgarlikka tortilishdan saqlaydi.
«Texnik yordam markazi» DUK sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotni +998 71 203-00-28 telefon raqami orqali itsoft@tace.uz elektron manzili orqali olish mumkin.
Bundan tashqari bu masala yuzasidan «Texnik yordam markazi» DUK ma’muriy binosiga borib yoki uning veb-sayti orqali ham qo‘shimcha ma’lumotlar olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter