Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Daromad sezilarli darajada oshdi». Ko‘cha musiqachilari to‘lov terminallariga ega bo‘lganidan xursand

«Daromad sezilarli darajada oshdi». Ko‘cha musiqachilari to‘lov terminallariga ega bo‘lganidan xursand

Foto: «ITC.ua»

London meriyasi ko‘cha musiqachilarining daromadini oshirishga xizmat qiladigan o‘ziga xos loyihaga qo‘l urdi. Gap ko‘cha musiqachilarda «PapPal» tizimi yordamida pul to‘lash haqida ketmoqda. Bunda ko‘chada qo‘shiq ijro etuvchilar maxsus terminallar bilan ta’minlanadi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Mazkur tizim — 2015-yildan buyon London meriyasi qo‘llab-quvvatlovi ostida ishlayotgan va «basker» deb ataluvchi professional ko‘cha musiqachilarini birlashtiruvchi «Busk in London» tashkilotining tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Ta’kidlanishicha, London markazida ko‘plab «basker»lar chiqish qiladi, biroq odamlarning aksariyati yonida choy-chaqasi bo‘lmaganligi sabab ularga pul bermay ketadi. NFC-hamyonlar, «PayWave» yoki «PayPass» kabi to‘lov tizimlari ushbu muammoga yechim bo‘ladi.

Foto: «ITC.ua»

Ayni vaqtda London hukumati tizimni butun shahar bo‘ylab faol ravishda ishga tushirish ustida ish olib borib, ko‘cha musiqachilarining bir qismida sinovdan o‘tkazmoqda.

Xususan, ko‘chada qo‘shiq kuylovchi Sharlotta Kempbellning ta’kidlashicha, to‘lov tizimidan foydalanganidan buyon uning daromadlari sezilarli darajada oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring