Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mark Sukerberg Ilon Maskning ishini qildi

Mark Sukerberg Ilon Maskning ishini qildi

Foto: iXBT.com

Meta 11 mingdan ortiq xodimini (jami ishchilarning 13 foizi) bo‘shatadi.

Bloomberg yozishicha, bu kompaniya tarixidagi eng katta qisqartirish. Qolaversa, Meta yangi xodimlar olishga qo‘yilgan moratoriyni uzaytiradi.

«Ushbu qarorlar va qanday qilib bu ko‘yga tushib qolganimiz uchun bor mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Bu hamma uchun og‘irligini bilaman, ayniqsa, qisqartirishga tushganlarga achinaman», — dedi Meta rahbari Mark Sukerberg.

27-oktyabr kuni Twitter xo‘jayiniga aylangan milliarder Ilon Mask, xarajatlarni qisqartirish uchun, kompaniya xodimlarining yarmini ishdan bo‘shatishni rejalashtirgan.

Twitter kompaniyasida ishlovchi jami 7 500 xodimning 3 700 nafari qisqartirilishini Bloomberg va Financial Times manbalari tasdiqlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring