Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mars parvoziga juda oz qoldi

Mars parvoziga juda oz qoldi

Foto: «Ferra»

Garchi so‘nggi kunlarda internetni o‘lim haqidagi qarashlari bilan «portlatayotgan» bo‘lsa ham, Ilon Mask Marsga parvozni o‘ylashdan bir kun ham to‘xtagan emas.

Masalan, uning aytishicha, «SpaceX» fazoviy kompaniyasining sayyoralararo «Starship» kemasi 3-5 yilning nari-berisida «qizil sayyora»ga parvoz qiladi.

«Parvoz muvaffaqiyatli chiqsa, o‘ylaymanki, Marsga ekipajni o‘n yillikning oxirigacha jo‘nata olamiz», — dedi u.

Milliarder Mars «tuynuklari» har ikki yilda ochilishiga urg‘u berdi (har 26 oyda Yer va Mars o‘zaro maksimal yaqinlashadigan palla).

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, «SpaceX» kompaniyasi «Starship» kemasini Marsga shu yil yozidayoq uchirishga urinib ko‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring