«MDC Optima» – metall korpusli 4G-smartfon

«MDC Optima» korpusining o‘lchamlari 151,9x73,3x9,5 millimetrga, vazni esa 172 grammga teng.
O‘zbekiston bozoriga yaqinda kirib kelgan MDC brendining smartfonlari xaridorlarga ma’qul kelmoqda. Uning navbatdagi modeli – «Optima» rusumli telefoni ham shu muvaffaqiyatli yurishni davom ettirishga tayyor.
Smartfonga mos qadoq
Qutiga to‘liq jamlanma joylangan: qurilmaning o‘zidan tashqari, silikon g‘ilof va ekran uchun himoya shishasi ham o‘rin olgan. Jamlanmadagi quvvatlash uskunasining USB-kabeli olinadi va uni kompyuterga ulash mumkin. Jamlanma tarkibida MDC brendli quloqchin ham mavjudligi xaridorlarni quvontirishi aniq. Qutiga smartfonning kafolat taloni hamda ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi foydalanish yo‘riqnomasi ham joylangan.
Baquvvat korpus
Mustahkam bo‘lishini nazarda tutgan holda ishlab chiqaruvchi «MDC Optima» modelini metall korpusda chiqargan. Uning korpusi ochilmaydi, SIM-kartalar hamda «MicroSD» bo‘lmachasi yuqori qirradan joylanadi. Aksariyat smartfonlardan farqli ravishda, «MDC Optima» modelida tashqi boshqaruv tugmachalari korpusning o‘ng emas, balki chap tomonida joylashgan.
Orqa panelda kamera datchigi, uning ostida fotochaqnoq, undan ham pastda – barmoq izi skaneri chiroyli joylashgan. Umuman, «MDC Optima»ning tashqi ko‘rinishi «Xiaomi»ning yaqindagina taqdim etilgan «Redmi 5 Plus» smartfonini eslatadi. Orqa panelning pastrog‘ida bo‘rtiq yozuvda brend nomi tushirilgan.
«MDC Optima» korpusining o‘lchamlari 151,9x73,3x9,5 millimetrga, vazni esa 172 grammga teng.
Zamonaviy ekran
MDC brendining «Optima» telefoni 5,7 dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlangan, uning ikki chekkasidagi romlari ensiz. Tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda – bunisi hozir urfga kirgan.
Smartfonning displeyi «Infinity display» turida, uning tasvir aniqligi 1440x720 pikselli, ya’ni HD formatida. Ekranning ranglarni uzatishi juda yaxshi, qiyalatib qaraganda ham tasvir o‘z sifatini yo‘qotmaydi.
«Ko‘z»lari o‘tkir!
«MDC Optima» smartfoni 13 megapikselli modulga hamda LED-chaqnoqqa ega bosh kamera bilan jihozlangan. Selfi uchun esa 5 megapikselli old kamera ajratilgan.
Qurilmaning kameralari dasturiy ta’minoti ham yaxshi ishlangan – unda har xil rejimlarda suratga hamda videoga tushirish mumkin.
Darvoqe, kameralar orqali olingan fotosuratlar, videolarni saqlash uchun uning 16 gigabayt hajmga ega doimiy xotirasi kamlik qilsa, telefonga «MicroSD» formatidagi xotira kartasini qo‘yish imkoni bor.
To‘rtinchi avlod aloqasi
Ushbu smartfon ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi avlod (2G/3G/4G) uyali aloqa tarmoqlarida ishlash imkoniyatiga ega. Hozir yurtimizdagi aloqa operatorlari yangi standartlarni tobora keng joriy etib borayotganini hisobga olsak, LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi «MDC Optima» kabi qurilmalarning ahamiyatini anglash qiyin emas.
Aksariyat smartfonlarda bo‘lgani kabi, «MDC Optima» ham ikkita SIM-karta bilan ishlay oladi. Bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida bunisi ham muhim.
Texnik ta’minoti tuzukkina
«MDC Optima» devaysiga 1,3 gigagers takt chastotasida ishlovchi to‘rt yadroli protsessor o‘rnatilgan. Samaradorlikni ta’minlashda unga 2 gigabaytlik operativ xotira yordamga keladi.
Smartfon sun’iy yo‘ldosh orqali navigatsiya uchun GPS/AGPS moduli, shuningdek, simsiz aloqaning «Wi-Fi» hamda «Bluetooth» interfeyslarini qo‘llab-quvvatlovchi modullar bilan jihozlangan. Uning quvvat manbai esa 3000 mA/soat sig‘imli batareyasi hisoblanadi.
Shunday qilib...
MDC brendining «Optima» smartfoni bugungi kun talablariga javob bera oluvchi, mustahkam aloqa vositasidir. U «Android 7,0 Nougat» operatsion tizimida ishlaydi.
Mazkur smartfon egasi undagi shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash uchun grafik kalit, parol yoki kodli so‘zdan foydalanishi mumkin. Shuningdek, «MDC Optima»da zamonaviy biometrik usul – foydalanuvchi shaxsini barmoq izi skaneri orqali tasdiqlash texnologiyasi ham joriy qilingan.
O‘zbekiston bozorida tobora o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelayotgan MDC brendining navbatdagi telefoni – mustahkam va ko‘rkam «Optima» yurtdoshlarimiz uchun optimal tanlov bo‘la oladi. Aytgancha, MDC brendining smartfonlariga ishlab chiqaruvchi tomonidan 1 yillik kafolat xizmati ham ko‘rsatiladi.
«Facebook: www.facebook.com/mdcmobileuzbekistan
«Telegram»: https://t.me/mdc_mobile_uzbekistan
«Instagram»: https://www.instagram.com/mdcmobileuzbekistan
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter