Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

mGovAward tanlovida keyingi bosqichga o‘tganlar ro‘yxati e’lon qilindi

mGovAward tanlovida keyingi bosqichga o‘tganlar ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: IT-park

Musobaqada jami 264 ta jamoa ishtirok etdi va faqatgina 97 ta jamoa keyingi bosqichga chiqish sharafiga muyassar bo‘ldilar, bu bosqichda ularning mahsuloti mustaqil ekspert komissiyamiz tomonidan aniq belgilab qo‘yilgan mezonlarga asoslangan holda baholanadi, deb xabar berdi IT-park matbuot xizmati.

Keyingi bosqichda tanlov ishtirokchilarining loyihalari ekspert komissiyasi tomonidan baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • Ta’lim;
  • Sog‘liqni saqlash;
  • Turizm va madaniyat;
  • Tadbirkorlik;
  • Transport va logistika.

Loyihalarni baholashda asos bo‘ladigan asosiy mezonlar: bo‘lg‘usi ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligi.

Shuni unutmaslik kerakki, mGovAward ko‘rik-tanlovining keyingi bosqichga o‘tgan jamoalarga birinchi o‘rin uchun belgilangan 50 000$ miqdordagi bosh sovrin uchun kurash olib borish imkoniyatini beradi, ikkinchi o‘rin sohibi esa, 30 000$ miqdordagi va uchinchi o‘rin sohibi 20 000$ miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritadi.

Bu imkoniyat jamoalarga o‘z loyihalarini amalga oshirishda va uni munosib darajaga ko‘tarishda yaxshi turtki beradi!

Jamoalar ro‘yxatini ko‘rish uchun havola bo‘yicha o‘ting: https://it-park.uz/wp-content/uploads/2020/02/spisok-komand.pdf

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring