Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Microsoft mutaxassislari ixtisoslashtirilgan maktabda ochiq dars o‘tishdi (foto)

Microsoft mutaxassislari ixtisoslashtirilgan maktabda ochiq dars o‘tishdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun Microsoft kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida «Kodlash soati» («Hour of code») nomli ochiq dars o‘tkazildi.

Bir soatlik dars davomida o‘quvchilar mantiqqa asoslangan buyruq bloklaridan foydalanib turli dasturlarni qurishdi, shuningdek, Scratch dasturida o‘z malakalarini oshirdi. Ochiq darsda maktabning 200ga o‘quvchisi ishtirok etdi. Dars yakunida Microsoft kompaniyasi va ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Unga ko‘ra, endilikda kompaniya mutaxassislari har oyda bir marta maktab o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tib berishadi. Bu orqali o‘quvchilar dasturlash sohasidagi so‘nggi yangiliklardan ham xabardor bo‘lib borishadi.

Ma’lumot uchun, «Hour of code» — bu eng yirik o‘quv tadbiri hisoblanadi. Bir soatlik dars shaklida tashkil qilinadigan bu tadbir dasturlashning murakkabligi haqidagi afsonalarni yo‘qqa chiqadi. Chunki u har bir inson dasturlash asoslarini o‘rganishi mumkinligini namoyish etish uchun mo‘ljallangan.

2019 yilda butun dunyo bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan shu kabi darslar soni 140 mingdan ortiqni tashkil qildi. 910 milliondan ortiq o‘quvchi hamda o‘qituvchilar shu tizimda mashg‘ulot o‘tishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring