Microsoft Office: 2007-yildan beri ilk marta sukut bo‘yicha shrift almashadi

Times New Roman va Calibri shriftlari Microsoft Office foydalanuvchilariga juda yaxshi tanish. Birinchisi shunchalik eskiki, qachon chiqqanini ishlab chiqaruvchining o‘zi ham yaxshi eslolmasa kerak. Haqiqiy klassika... Ikkinchisi esa 2007-yilda chiqqan. O‘shandan beri kompaniya sukut bo‘yicha sozlangan shriftni o‘zgartirmagandi.
Navbatdagi o‘zgartirish ham ko‘p shoshilinch emas: 2022-yildan dasturlarda paydo bo‘ladi. Hozircha «Microsoft» keng ko‘lamli ovoz berish o‘tkazyapti — foydalanuvchilar taklif etilgan beshta shriftdan bittasini tanlab berishlari lozim, eng ko‘p ovoz to‘plagani Microsoft 365 yangi dasturlarida paydo bo‘ladi, deb yozmoqda SRSLY.
Beshta shrift kompaniyaning «Twitter»dagi sahifasida taqdim etilgan: Grandview, Seaford, Skeena, Bierstadt va Tenorite.
We need to talk. What should our next default font be? pic.twitter.com/fV9thfdAr4
— Microsoft (@Microsoft) April 28, 2021
Dizaynerlar ularni imkon qadar oson o‘qiladigan ko‘rinishga keltirish uchun ter to‘kishgan. Ko‘ring, ovoz bering, kelajakda balki foydasi tegib qolar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter