Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Microsoft» serverlarni uzishi Mail.ru pochtasida muammolar tug‘dirdi

«Microsoft» serverlarni uzishi Mail.ru pochtasida muammolar tug‘dirdi

Foto: «iPhones.ru»

Rossiyaning VK internet-xoldingi (sobiq Mail.ru Group) «Microsoft» serverlaridan uzib qo‘yildi. Amerika softver giganti o‘z serverlarini uzganidan so‘ng Mail.ru pochta servisi faoliyatida muammolar paydo bo‘ldi.

Foydalanuvchilar elektron xatlarga ilova qilingan fayllarni ko‘rish imkoniyatini yo‘qotishdi.

Ma’lumot uchun: VK internet-xoldingi tarkibiga «VKontakte», «Odnoklassniki» va «Moy mir@Mail.ru» ijtimoiy tarmoqlari, Pochta Mail.ru pochta servisi, «ICQ», «Agent Mail.ru» va «TamTam» messenjerlari, «Yula» e’lonlar servisi, «Poisk Mail.ru» qidiruv tizimi va boshqalar kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring