Amerikalik biznesmen O‘zbekistonning Kremniy vodiysidagi elchisi bo‘ldi
Mazkur kelishuvga amerikalik biznesmen, elektron tijorat sohasida ekspert, «Openbucks» asoschisi Mark Rochmanning O‘zbekistonga amalga oshirgan to‘qqiz kunlik tashrifi davomida erishildi.
Tashrif yakuniga ko‘ra, Innovatsiya markazi direksiyasining qarori bilan Mark Rochmanga Kremniy vodiysi va jahon AT-hamjamiyatida maxsus sertifikat bilan tasdiqlangan «Mirzo Ulugbek Innovation Center elchisi» maqomi berildi.
Xorijiy mutaxassisning respublikaga tashrifi dasturi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi, UZINFOCOM Yagona integratorida qator rasmiy hamda mahalliy kompaniya va MUIC rezidentlari bilan esa norasmiy uchrashuvlarni o‘z ichiga oldi. U AT-sohani rivojlantirish uchun mamlakatda mavjud imkoniyatlardan qanday foydalanish lozimligi haqida o‘z shaxsiy tajribasi va kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘qing: Amerikalik biznesmen: «UZCARD» orqali butun dunyodan xaridni amalga oshirish mumkin bo‘ladi»
Taklif etilgan mehmon Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va uning Samarqanddagi filialida ma’ruzalar o‘qidi. Bu bilan AQSh AT-kompaniyalarining ekspertlari tomonidan O‘zbekistondagi talabalar va ishlab chiquvchilar uchun ochiq onlayn ma’ruzalarni ifoda etuvchi «Silicon Valley Talks» tashabbusi davom ettirildi.
Hozirgi sharoit bilan tanishib chiqqan janob Rochman «Openbucks»ning O‘zbekiston bozoriga kirishi istiqbollarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Mutaxassisning «O‘zMobayl» kompaniyasi vakillari bilan qiziqarli muloqoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqotning amaliy hamkorlik shaklida davom ettirilishi ehtimoli bor.
Mark Rochman, MUICning Kremniy vodiysidagi va jahon AT-hamjamiyatining elchisi sifatida MUIC rezidentlarini AQShda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Tez orada Rochman kompaniyasining Kaliforniyadagi ofisida «Uzbekistan Work Space» paydo bo‘ladi va rezidentlar Kremniy vodiysiga amalga oshirgan ishbilarmonlik tashriflarida u yerda to‘xtashlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, tadbirkor «Openbucks»ning sherik va mijozlari hisoblanuvchi xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilishni rejalashtirmoqda va U respublikamizni PayPal, App Store, Play Market, Google Pay kabi to‘lov tizimlari va xalqaro savdo maydonlari ro‘yxatiga kiritishga amaliy yordam beradi.
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi mamlakat AT-sohasini jahon miqyosida ilgari surish maqsadida taniqli xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni davom ettiradi, deyiladi markaz tomonidan tarqatilgan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter