Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda AKT sohasiga oid muhim bitimlar imzolandi

Misrda AKT sohasiga oid muhim bitimlar imzolandi

Foto: «Mitc.uz»

Misrning Sharm ash-Shayx shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ning 2019-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19) bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Xalqaro elektraloqa ittifoqi bosh kotibi Xoulin Chjao bilan uchrashdi. Unda XEI va AKT vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, bir nechta loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, IT-Park huzurida «Yosh avlodning robototexnik markazi»ni tashkil etish shular jumlasidandir.

AKT vazirligi va XEI o‘rtasida grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi IT-Park huzurida «AKT sohasida ayollar va yosh avlodning, tadbirkorlik va davlat boshqaruvida malakasini oshirish markazi»ni tashkil etish bo‘yicha XEI tomonidan grand yordamini ajratish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tegishli ishlarni olib borishga kelishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring