«Mobiuz»: Navoiy viloyatida mobil aloqa xizmatlari takomillashtirilmoqda
2021-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatidagi 422 ta aholi maskaniga 268 ta «Mobiuz» tayanch stansiyasi xizmat ko‘rsatmoqda.
Hozirda Karmana, Qiziltepa, Nurota, Navbahor tumanlarining bir qator chekka hududlari ham mobil aloqa va internet bilan ta’minlandi.
Shu kunlarda «Mobiuz» yangi texnik obyektlarni qurish va ishga tushirish ustida faol ishlamoqda. Navoiy viloyatida joriy yil oxiriga qadar 100 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini, jumladan, mutlaqo yangi obyektlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Bunga parallel ravishda transport tarmog‘i modernizatsiya qilinadi.
«Mobiuz» kompaniyasi xizmat ko‘rsatish ofislari va tijorat hamkorlarining savdo shoxobchalari sonini ko‘paytirish, abonentlarga iloji boricha yaqin masofada bo‘lishga intilmoqda. Bugungi kunda Navoiy viloyatida kompaniya tijorat hamkorlarining 100 dan ortiq savdo shoxobchalari mavjud.
Viloyatning barcha tumanlarida, odamlar gavjum joylarda xizmat ko‘rsatuvchi 24 ta ko‘chma savdo ofisi ham faoliyat yuritmoqda.
«Mobiuz» kelgusida tijorat hamkorlarining yangi eksklyuziv va ko‘chma savdo ofislarini ochish, qolaversa, turli aksiyalar o‘tkazish orqali abonentlar uchun qulay va foydali takliflar taqdim etishni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter