Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz va DataVolt hamkorlik memorandumini imzoladilar

Mobiuz va DataVolt hamkorlik memorandumini imzoladilar

O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ICT Week 2025 doirasida kompaniyalar telekommunikatsiya infratuzilmasi sohasidagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Mobiuz mobil aloqa operatori «Insonlarni birlashtirib, innovatsiyalar bilan kelajak sari" falsafasini aks ettiruvchi strategik maqsadlarni belgilagan. Kompaniya shunchaki tarmoq qurishni emas, balki ilg‘or texnologiyalar har bir foydalanuvchiga xizmat qiladigan ekotizimni yaratishni ko‘zlayapti. Shu maqsadda Mobiuz eng zamonaviy yechimlarni o‘rganib, amaliyotga tatbiq etmoqda.

DataVolt singari xalqaro telekommunikatsiya hamjamiyatining yirik vakillari bilan strategik hamkorlik aynan ana shu maqsadlarga xizmat qiladi.

DataVolt kompaniyasi bulutli va ma’lumotlar markazi yechimlarini taqdim etuvchi xalqaro provayder bo‘lib, 2024-yilda Toshkentdagi IT Park hududida 10 megavatt quvvatga ega ma’lumotlar markazini qurish ishlarini boshladi. Ikkinchi ma’lumotlar markazi Buxoroda barpo etiladi. Kompaniya 2030-yilgacha O‘zbekistonga 500 MVt quvvatgacha investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Imzolangan memorandum doirasida Mobiuz ushbu loyihalarni amalga oshirish va keyingi rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Umuman olganda, kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga, aholi va biznes uchun innovatsion raqamli yechimlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring