Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘ynoqda «Future Muynak» IT-markazi ochildi

Mo‘ynoqda «Future Muynak» IT-markazi ochildi

Foto: TATU Nukus filiali matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining tashabbusi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumanida «Future Muynak» IT-markazi va Book cafe ob’yektlari foydalanishga topshirildi. Bu haqida TATU Nukus filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: TATU Nukus filiali matbuot xizmati

Mazkur IT-markazda Mo‘ynoq yoshlari 2D grafik, 3D modellashtirish, animatsiya, veb-dizayn, dasturlash, foto rasmlarni qayta ishlash bo‘yicha o‘qitiladi.

Shuningdek, Book cafeda adabiy ilmiy kitoblardan keng foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, «Future Muynak» IT-markazi trenerlari uchun TATU Nukus filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring