Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nahotki?! Bitkoin AQSh maxsus xizmatlari loyihasi ekani aytildi

Nahotki?! Bitkoin AQSh maxsus xizmatlari loyihasi ekani aytildi

Foto: «Ria.ru»

«Bitcoin» kriptovalyutasi AQShning maxsus xizmatlari tomonidan butun dunyoda o‘z amaliyotlarini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan. «Kasperskiy laboratoriyasi» hammuassisi Natalya Kasperskaya shunday bayonot bilan chiqdi.

«Bitkoin — Amerika maxsus xizmatlari loyihasi, ular AQSh, Buyuk Britaniya va Kanadaning turli davlatlardagi razvedkalarini moliyalashtirish uchun tashkil qilingan», — dedi u Sankt-Peterburgdagi universitet o‘quv markazi ochilishidagi ma’ruzasida.

Bundan tashqari, Natalya Kasperskaya fikricha Satoshi Nakamoto nomi bilan tanilgan «Bitcoin» kriptovalyutasi asoschisi aslida «Amerika kriptotizimlari ishlab chiqaruvchi guruh» hisoblanadi.

«Bitcoin» kriptovalyutasining yaratilish tarixi haqida saytimizda tahliliy maqola chop etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring