Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASA Marsga odamlarni qaysi yilda uchirishini e’lon qildi

NASA Marsga odamlarni qaysi yilda uchirishini e’lon qildi

Foto: «Shutterstock/Fotodom»

NASA Marsga boshqariluvchi missiyani yuborishga tayyorgarlik ko‘rishini va uni amalga oshirishini ma’lum qildi. Bu haqda «Space.com» xabar berdi.

Missiyaga 2040-yilda start beriladi — chaqaloq tug‘ilib voyaga yetgulik naq 18 yil bor.

«Qizil orzu»ni amalga oshirish uchun Oq uy fazoviy agentlikka 2023-yilda budjetdan $26 mlrd ajratishni so‘radi — bu o‘tgan yilgidan 8 foiz ko‘p.

Bu mablag‘lar, shuningdek, odamlarni Oyga eltuvchi «Artemis» missiyasi, Yerda tadqiqotlar o‘tkazish uchun sarflanadi, dedi NASA rahbari Bill Nelson.

Nelsonning aytishicha, Oyga safar qo‘shni, biroq olis sayyoraga borishdan oldin o‘ziga xos «chigal yozdi». Yakuniy maqsadga 2040-yilda — Marsga inson ilk qadamlarni qo‘yishi bilan erishiladi.

NASA tadqiqot tizimlari ma’murining o‘rinbosari Jim Fri qo‘shimcha qilishicha, 2028-yildan boshlab har yili Oyga ichida odam o‘tirgan raketalar uchiriladi. Olimlar Marsga imkon qadar tezroq borish umidini ayni shu parvozlarda ko‘rishyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring