Nokia 60 yilda birinchi marta logotipini yangiladi: maqsad nima?
1865-yilda asos solingan Nokia kompaniyasi so‘nggi 60 yil davomida biron marta rebrending o‘tkazmagandi. Va nihoyat kompaniya o‘zgarishga qaror qildi.
Kompaniya strategiyasi doirasida Nokia rebrending o‘tkazdi. Eski logotip smartfonlar bilan bog‘liqlikni anglatardi, biroq hozirgi Nokia biznes-texnologiyalar kompaniyasi. Boshqa kompaniyalarga uskunalar sotishga ixtisoslashmoqda.
Kompaniya ijrochi direktori Pekka Lundmark ta’kidlashicha, Nokia strategiyasi uch bosqichdan iborat: qayta ishga tushish, tezlashish va kengayish. «Birinchi bosqichni yakunladik. Aniq maqsadga egamiz. Global yetakchilik imkoniyati bor sohada hamkorlikni boshlamoqchimiz», — dedi Lundmark.
Reuters aniqlik kiritishicha, yirik texnologiya kompaniyalari 5G xususiy tarmoqlari va avtomatlashgan zavodlar uchun uskunlarni ishlab chiqarish sohasidagi mijozlarga sotish uchun Nokia singari telekommunikatsiya qurilmalariga ixtisoslashgan kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter