«Nokia» besh kamerali smartfonini taqdim etdi
«Nokia» brendi ostida smartfonlar chiqarayotgan «HMD Global» kompaniyasi besh ort kamerali yangi smartfonini taqdim etdi.
«Nokia 9 PureView»ni foto ixlosmandlari uchun haqiqiy sovg‘a deyish mumkin, smartfon «Zeiss» optikasi bilan ta’minlangan. Unda RAW «xom» formatida surat olsa bo‘ladi, qolaversa, tasvir fokusini 12 megapiksellik dinamik diapazonda tasvir yakunlanganidan keyin ham to‘g‘rilash mumkin. Bunga ikki rangli va uch monoxrom — jami beshta kamera yordamida erishiladi.
«HMD Global» saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, olti dyuymli ekranga ega «Nokia 9 PureView» smartfoni «Qualcomm Snapdragon 845» protsessorida ishlaydi. Operativ xotirasi — 6 GB, o‘rnatilgan xotirasi — 128 GB. Akkumulyatori sig‘imi esa 3320 mAs.ga teng.
Ushbu smartfon 2019-yilning mart oyida sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan. Uning AQSh chakana bozoridagi narxi 699 dollardan boshlanishi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter