Notarial xizmatlar uchun to‘lovlarni endi «Click» va «Payme» orqali to‘lash mumkin
Notarial harakatlar uchun to‘lovlarni «Click» va «Payme» to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Oldinlari bunday imkoniyat faqat «UPAY» tizimida bor edi.
«To‘lovlar bank kassalari yoki mobil telefonlar orqali amalga oshirilishidan qat’i nazar, bu haqdagi ma’lumot «Notarius» axborot tizimida onlayn tarzda aks etiriladi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter