Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamlarni kosmosga tashish boshlanmoqda

Odamlarni kosmosga tashish boshlanmoqda

Toshkent vaqti bilan 16 sentyabr, ertalab 5:00 da "SpaceX" kompaniyasining "Dragon" kapsulasida to‘rtta fuqaro samoga ko‘tariladi. Ular professional fazogir bo‘lmagan odamlardir.

Avvalroq "Virgin Galactic" va "Blue Origin" xususiy kompaniyalari ham kosmosga odam olib chiqqan edi. Bu parvozlar fazoda bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa davom etgan xolos.

"SpaceX" missiyasi esa uch kun mobaynida yer sayyorasini ko‘plab marotaba aylanib chiqadi va shundan keyin Atlantika okeaniga tushadi. Kapsula Xalqaro fazo markazidan ham balandroqqa uchishi kutilyapti.

Kosmosga chiqayotgan bu odamlar uchun "SpaceX" jami 200 million dollar olgani xabar qilinmoqda.

Parvozni mana bu havola orqali jonli tomosha qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring