Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ommabop Redmi smartfonining narxi rekord darajada pastladi

Ommabop Redmi smartfonining narxi rekord darajada pastladi

Kuni kecha Jingdong saytidagi rasmiy Xiaomi do‘koni 12/256GB xotiraga ega bo‘lgan Redmi K40 smartfonining narxini 359 dollargacha pasaytirganini e’lon qildi.

Smartfon dastlab 420 dollardan sotila boshlangan edi, keyin esa uning narxi 385 dollargacha tushdi. Xiaomi va Redmi rahbariyati bir necha bor Redmi K40 ni eng ko‘p sotilgan hamda narxiga arziydigan eng yaxshi smartfonlardan biri deb ta’kidlagan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Redmi K40 qurilmasi Snapdragon 870 chipi, LPDDR5 va UFS 3.1 xotirasi, 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi hamda FHD+ rezolyusiyadagi AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Ushbu displey Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqailgan bo‘lib, DisplayMate A+ darajasiga ega. 

Shuningdek, smartfon Wi-Fi 6E, infraqizil port, Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi stereo dinamiklar, ikki diapazonli GPS, NFC hamda IP53 chang va namlikdan himoya standartiga ega. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring