«O‘nta quyosh onasi» uchirildi
Xitoy milliy kosmik boshqarmasi xabar berishicha, payshanba kuni quyoshni kuzatish uchun Tayyuan kosmodromidan Xitoyning «Sixe» nomli birinchi sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli uchirildi.
«14-oktyabr kuni soat 18:51 (Toshkent vaqti bilan 15:51)da Tayyuan kosmodromidan «Chanchjen-2D» raketa tashuvchisi yordamida quyoshni tadqiq qiladigan birinchi sun’iy yo‘ldosh «Sixe» muvaffaqiyatli uchirildi», — deyiladi xabarda.
Xitoyda «quyosh tadqiqotlari davri»ni boshlab bergan qurilma birinchi bo‘lib H-Alpha diapazonida Quyoshning to‘liq tasvirini suratga oladi. Og‘irligi 550 kilo keladigan va uch yil xizmat qilishga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldosh quyosh bilan sinxron orbitada faoliyat olib borishi kutilmoqda.
Qurilma Xitoy mifologiyasiga ko‘ra o‘nta quyoshni dunyoga keltirgan Sixe ma’budi sharafiga shunday nomlandi. Sun’iy yo‘ldosh uchun nomni Xitoy aholisining o‘zi tanladi. Avvalroq Xitoy xalqi birinchi mahalliy «marsoxod» uchun nom tanlab bergan edi. U Xitoy mifologiyasidagi olov ma’budi sharafiga «Chjujun» deb atalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter