Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oyga parvoz bekor qilindi

Oyga parvoz bekor qilindi

Foto: Space.com

NASA agentligi Oyga missiya (Artemis 1) doirasidagi Space Launch System (SLS) raketasining parvozi bekor qilinganini ma’lum qildi. Texnik muammolar sababli raketa uchirilmadi, bu haqda Twitter orqali xabar berildi.

«Artemis 1 parvozi bugundan qoldirildi, jamoa dvigateldagi muammolar bilan shug‘ullanmoqda. Keyingi urinishlar haqida sizlarni xabardor etamiz», — deyiladi xabarda.

10 yil tayyorgarlikdan so‘ng NASA tarixidagi eng kuchli — 98 metrli Space Launch System raketasi bugun, 29-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:30 da (Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da) parvoz qilishi va Oy orbitasiga uchta maneken joylangan «Orion» kapsulasini yetkazishi lozim edi.

Insoniyatning Oyga birinchi va so‘nggi parvozi 50 yil avval «Apollon» missiyasi doirasida amalga oshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring