Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab gastronomik sayohatlarni rejalashtirish uchun raqamli yechim taklif etildi

O‘zbekiston bo‘ylab gastronomik sayohatlarni rejalashtirish uchun raqamli yechim taklif etildi

O‘zbekistonda turizmning turli yo‘nalishlari, jumladan, gastroturizm kabi istiqbolli soha jadal sur’atda rivojlanmoqda. Yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun «Eaten.uz» onlayn platformasi ishga tushirildi. Platforma hozirda Samarqand shahri va Urgut tumanini qamrab olgan bo‘lib, gastronomik sayohatni rejalashtirish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu yerda sayyohlar mahalliy aholi tomonidan tayyorlangan milliy taomlarni tatib ko‘rish, ularni tayyorlash jarayonida qatnashish va hatto an’anaviy marosimlar - oilaviy bayramlardan to to‘ylargacha mehmon sifatida ishtirok etish mumkin bo‘lgan maskanni taklab olishlari mumkin.

Odatiy kafe yoki restoranlarda ovqatlanishdan farqli o‘laroq, bu yerda sayyoh mahalliy turmush tarziga to‘liq sho‘ng‘ish imkoniyati bor: mezbon oila bilan suhbatlashish, qurt yoki palov kabi taomlarni tayyorlashni o‘rganish – oshxonaning hududiy xususiyatlarini kashf etadi.

Platforma joylashuv va afzalliklar bo‘yicha qulay qidiruv, buyurtma berish va to‘lov - barchasini bir joyda taqdim etadi. Bu turistlarga nafaqat mazali ovqatlanish, balki noyob madaniy tajribaga ega bo‘lish imkonini beradi.

Platforma asoschisi Xadicha Suyarovaning ta’kidlashicha, «Eaten.uz» sayyohlar uchun mamlakat haqidagi tasavvurni kengaytirish bilan birga, oddiy oilalarni turizm iqtisodiyotiga jalb qilish orqali ularga qo‘shimcha daromad manbalari yaratadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring