Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha oxirgi 4 yilda 65 pog‘onaga yuqorilagan

Jahonning nufuzli “Speedtest Global Index” reytingiga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi yanada yaxshilanib bormoqda.

O‘zbekistonda internet infratuzilmasini rivojlantirish, uning qamrovini kengaytirish va foydalanuvchilar uchun yuqori sifatli xizmatlarni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Bu dinamika mamlakatning raqamli iqtisodiyotga o‘tishdagi ildam qadamlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

📶 Speedtest Global Index natijalariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekiston 133-o‘rinni egallagan (http://m.xabar.uz/texnologiya/reytingda-7-pogonaga-kotarildi) bo‘lsa, 2025-yil yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat ushbu reytingda 68-o‘ringa ko‘tarilgan. (https://www.speedtest.net/global-index/uzbekistan#mobile) Shu tariqa O‘zbekiston 2020-yildan beri 65 pog‘onaga yuqorilagan.

🛜 Ma’lumot uchun: “Ookla” – global internet tezligini o‘lchash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan yetakchi tashkilot bo‘lib, 2006-yilda tashkil etilgan. U Speedtest platformasi orqali butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga internet tezligini tekshirish imkoniyatini beradi. Tashkilot har oy “Speedtest Global Index” reytingini yangilab, dunyodagi mobil va simli internet tezliklarini taqqoslab boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring