Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston termasi Jahon chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston termasi  Jahon chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi robototexnika bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Singapurda bo‘lib o‘tgan FIRST GLOBAL CHALLENGE robototexnika chempionatida g‘olib bo‘lishdi.

Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
1) Shukrullo Sodiqov — Buxoro shahri,
2) Mahkambek Teshabayev - Toshkent shahri,
3) Nazarboy Rahmonov - Toshkent shahri,
4) Abdulaziz Mirahmedov - Toshkent shahri,
5) Aydar Yermuxon – Toshkent shahri.

FIRST GLOBAL CHALLENGE - har yili turli mamlakatlarda o‘tkaziladigan robototexnika bo‘yicha jahon chempionati hisoblanadi. Bu yilgi chempionatda 191 davlatdan vakillar ishtirok etishdi.

Terma jamoamiz bu musobaqada ishtirok etish uchun 100 foiz grant yutib olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring