Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston xalqaro biznesning yangi markazi sifatida: xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro tadbir tashkil etildi (video)

«O‘zbekiston xalqaro biznesning yangi markazi sifatida: xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro tadbir tashkil etildi (video)

Bugun, 23 oktyabr kuni Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida «O‘zbekiston xalqaro biznesning yangi markazi sifatida: xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 2017-2023 yillarda sohada  sezilarli o‘sishga erishilgani va rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy yetakchi o‘rinni egallayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, vazir  IT-Park rezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan eksport hajmi 2017 yildan 2023 yilgacha 573 barobarga ortganini qo‘shimcha qilib, bu ko‘rsatkich, 2017 yilda 600 ming dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2023 yil yakunida 344 mln dollargacha yetkazilgani, O‘zbekiston dinamik AyTi xabga aylanib borayotgani  va IT-Park Uzbekistan ushbu jarayonda strategik rol o‘ynayotganini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, Sherzod Shermatov hozirgi kunda IT-Park 2200 dan ortiq rezidentga ega bo‘lib, ularning 800 dan ortig‘i eksport qiluvchi kompaniya ekanligi, 540 dan ortig‘i xorijiy kapitalga ega kompaniyalar ekanligini, 2030 yilgacha IT-Park rezidentlari tomonidan eksportga yo‘naltirilgan 300 000 dan ortiq yangi ish o‘rnini yaratish rejalashtirilgani va  IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazilishiga e’tibor qaratdi hamda Vazirlik missiyasi raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yengillashtirish va qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga, konferensiyada mahalliy va xorijiy spikerlar ham so‘zga chiqdi.

Jumladan, Latviya Respublikasining sobiq Prezidenti Raymonds Veyonis ta’kidlashicha, O‘zbekistonning sarmoyaviy muhitdagi islohotlari Yevropa davlatlari kompaniyalarining ko‘payishini osonlashtiradi.

Xorijiy investitsiyalar uchun tartib-taomillarni soddalashtirish va xorijiy kompaniyalarning bu yerga kelib ishlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ayniqsa, O‘zbekistonda IT-Park rezidentlariga beriladigan imtiyozlar 2040 yilgacha uzaytirilishi investorlar uchun ishonchni oshirib, jozibador muhit yaratdi.

 Bu islohotlar 2030 yilga qadar IT eksporti 5 mlrd AQSh dollarga yetazish va  su’niy intellekt bozori 1,5 mlrd AQSh dollarga yetkazilishiga zamin yaratdi. 

Serbiya Respublikasining sobiq Prezidenti Boris Tadichning  fikricha, O‘zbekiston hukumati tomonidan IT sohasiga berilayotgan  e’tibor tufayli O‘zbekiston «Mintaqaviy IT-Hub”ga aylanmoqda. Buning natijasida O‘zbekiston xorijiy kompaniyalar uchun biznes yuritish va investitsiyalar kiritishga eng qulay mamlakatlardan biridir.

Shu bilan birga Boris Tadich O‘zbekistonda raqamli startaplarni rivojlantirish orqali hukumat, bugingi davr talablariga dosh berishga tayyor bo‘lgan tadbirkorlarning yangi avlodini  keng qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bu  startapchilar nafaqat iqtisodiy ishtirokchilar, balki ijtimoiy qiymat yaratish va turmush darajasini oshirishda muhim hamkorlardir. O‘zbekistonda raqamli startaplarni rivojlantirish uchun kiritilgan xorijiy investitsiyalar miqdorida mahalliy mablag‘ ajratilishi muhim ahamiyatga ega  ekanligini  alohida ta’kidlab o‘tdi.

Xalqaro elektraloqa ittifoqi sobiq bosh kotibi  Hamadun Ture ham amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘zbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida 193 ta davlat orasida 24 pog‘onaga ko‘tarilib, 63-o‘rinni egallab, eng katta pog‘ona yuqorilagan mamlakatlar TOP-10 taligidan joy olganligini alohida e’tirof etdi.

 Shu bilan birga, u telekommunikatsiya sohasida olib borilayotgan islohatlarga to‘xtalib, O‘zbekistonda 7 yil ichida aloqa qamrovi 41 foizdan 99 foizga yetkazilgani, Internet narxi arzonligi bo‘yicha 22 o‘rinni egallagani, O‘zbekistonda 5G texnologiyasi rivojlangani va MDH davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib 5G‘ni uzoq hududlarda joriy qilgani hamda yuqori tezlikdagi internet oshayotganini qo‘shimcha qildi.

 Bundan tashqari, Irlandiyaning IDA (Industrial Development Authority) tashkiloti maslahatchisi Shon Makklin so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yirik IT kompaniyalar o‘zlarining mintaqaviy ofislarini ochish uchun eng qulay joyga aylanmoqda.

Shuningdek, tadbirda NEC korporsiyasi sobiq vitse-prezidenti, ayni paytda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Akihiro Sakurai ham ishtirok etib, so‘zga chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring