O‘zbekistonda birinchi Android xakatoni e’lon qilindi

IT Park va GDG Tashkent hamkorlikda birinchi Android xakatonini e’lon qildi. «DevFest App Hackathon» onlayn formatda o‘tkaziladi.
Xakatonda ishtirok etish uchun arizalar 2020 yilning 23 sentyabrigacha qabul qilinadi. Xakaton shu yilning 24 sentyabrida start oladi. Ishlarni bajarish va topshirish muddati – 2020 yil 2 oktyabrgacha.
Ushbu tanlov orqali IT Park va GDG Tashkent jamiyatimizga foyda keltiradigan eng amaliy, ijodiy va chiroyli ilovalarni ko‘rishni maqsad qilib olishgan.
Sovrinlar:
1-o‘rin: Amazfit GTS aqlli soati;
2-o‘rin: Birinchi avlod Google Home Mini;
3-o‘rin: Xiaomi Mi Band 5.
Baholash mezonlari:
Kod sifati. Taqdim etilgan kod bazasi Android tavsiyalari va umumiy dizayn shablonlariga mos kelishi. Ish, shuningdek, SOLID, KISS va boshqa Android kodlash standartlari bo‘yicha baholanadi;
UI/UX — sizning ilovangiz qay darajada mukammal UI/UX dizayniga ega. Maksimal ballni olish uchun Material Design’dan foydalanishni va UXni takomillashtirish zarur bo‘lganda maqbul animatsiya qo‘llashni tavsiya etamiz. Bundan tashqari, UI/UX ning boshqa asosiy standartlari ham ko‘rib chiqiladi.
Qanday ariza qoldirish mumkin?
- Kodni yangi GitHub loyihasiga yuklang, havola bering;
- Readme faylini yangilang;
- Izohda to‘liq ismingiz va Github’dagi URL-manzili bilan so‘rov yuboring. Misol uchun, to‘liq ismi: Nuruddin, URL manzil: https://github.com/gdgt Tashkent/GDG-DevFest-App-Hackathon/
Kimlar ariza toshirishi mumkin?
- Har qanday talaba, universitet bitiruvchisi, kod yozishni xush ko‘radigan dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar jamoasi, o‘rta maktab bitiruvchilari, kollej bitiruvchilari va umuman, kodlashni yoqtiradigan istalgan kishi.
Hakamlar ro‘yxati:
- Axrorxo‘ja Yodgorov — Super Dispatch’da mobil dasturchi
- Sardor Islomov — Payme’da mobil dasturchi
- Nuruddin Iminoxunov — PRO Unlimited @Facebook’da mahsulotni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis
- Mamurjon Qodirov — dasturchi, bekend. “UDEVS” MChJ asoschisi va texnik direktori.
Batafsil ma’lumot: https://github.com/gdgtashkent/GDG-DevFest-App-Hackathon
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/H3naG5ZSQvHpoLiW9
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter