Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk bor jismoniy shaxslarga mikrokreditlar berish onlayn xizmati ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ilk bor jismoniy shaxslarga mikrokreditlar berish onlayn xizmati ishga tushiriladi

Foto: «Beeline»

«Beeline Uzbekistan» kompaniya abonentlari bo‘lgan O‘zbekiston banklari plastik kartalari egalari uchun mobil mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradigan yangi mahsulot ishlab chiqardi. Yaqin vaqt ichida xizmat «Beepul» ilovasida paydo bo‘ladi, shuningdek «Beeline»ning mazkur «MyCredit» mahsuloti «Payme» tizimiga ham kiritiladi.

Internet tarmog‘ida jismoniy shaxslar uchun mikrokreditlarni birinchi bo‘lib «Aloqabank»ning to‘lov kartasiga ega bo‘lgan «Beeline» abonentlari sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

«Beeline» bergan ma’lumotga ko‘ra, sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng, kompaniya istalgan mahalliy bank tizimiga va boshqa to‘lov xizmatlariga innovatsion mahsulotni joriy etishga tayyor.

Yaqin kelajakda «MyCredit» bilan 24 soat mobaynida 5 kundan 30 kungacha qo‘shimcha hujjatlarni to‘plamasdan va bankka tashrif buyurmasdan mikrokredit olish imkoni paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich bosqichda mikrokreditlar miqdori 200 000 so‘mdan 1 700 000 so‘mgacha (taxminan eng kam ish haqining 10 barobari) bo‘lishi mumkin.

Bizning maqsadimiz abonentlarga o‘z uylarini tark etmagan holda mikrokredit olish imkonini berishdir. Shu kabi mahsulotlar turli mamlakatlarda muvaffaqiyatli ishga tushirilgan va chet elda bank sohasida juda mashhur. Biz hamkorlarimiz AT «Aloqabank» va «PayCom» bilan birgalikda ushbu yo‘lda birinchi bo‘lishga qaror qildik. Biz hamkorlikka mutlaqo ochiqmiz va yaqin kelajakda «Beeline» abonentlari uchun xizmat ko‘rsatigan boshqa banklar ham tizimga ulanishini umid qilamiz.

Maksim Yefremov, «Unitel»ning tijorat direktori

Mikrokredit olishdan avval nimalarni bilish zarur:

  • «UzCard» to‘lov kartangiz sizga tegishli bo‘lishi kerak. Karta «Beeline» mobil telefoniga ulanishi kerak. Kartaning egasi va uyali telefon egasi ma’lumoti tizim sizni tanishi uchun mos kelishi kerak.
  • Mikrokreditni «Beepul», «Payme», bank info-kiosklari yordamida, shuningdek, bank filialida naqd pulda to‘lashingiz mumkin.
  • «MyCredit» tizimi sizni mustaqil ravishda aniqlaydi, ma’lumotlarni qayta ishlaydi va onlayn natijalarni ko‘rsatadi. Mikrokredit olish uchun kartangiz har oyda to‘ldirilishi va faol bo‘lishi kerak. Agar ilovaning barcha bo‘limlarini to‘g‘ri to‘ldirgan bo‘lsangiz va ma’lumotlaringiz muvaffaqiyatli qayta ko‘rib chiqilsa (ommaviy oferta doirasida) mablag‘lar sizning hisobingizga kiritiladi va plastik kartangiz balansida aks ettiriladi.

Ta’kidlanishicha, onlayn tarzda mikrokreditlar berish xizmati ilk bor ishga tushirildi va hozirda mahsulot sinovdan o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring