Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Samsung» kompaniyasining rasmiy dilerlik shoxobchalari soni oshiriladi

O‘zbekistonda «Samsung» kompaniyasining rasmiy dilerlik shoxobchalari soni oshiriladi

«O‘zTTVRM» davlat unitar korxonasi rahbariyati va «SAMSUNG Electronics CO., LTD representative office in Uzbekistan» vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«O‘zTTVRM» DUK rahbari U.Shokirov va SAMSUNG Electronics CO., LTD korporatsiyasining telekommunikatsiya bo‘limi biznes menejeri Kim In Vu o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasiga mobil qurilmalarni rasmiy ravishda olib kirish va ularning hisobini yuritish bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, sertifikatsiz tovarlar yetkazib berishni aniqlash va oldini olish uchun tomonlarning istiqbolli hamkorligini rivojlantirish, mobil qurilmalarni yetkazib berish hajmi bo‘yicha statistik ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish lozimligi belgilandi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari SAMSUNG Electronics CO., LTD kompaniyasining rasmiy dilerlik shoxobchalari sonini oshirishga kelishib olishdi.

Tomonlar ikki taraflama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash tarafdori ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring