Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga mobil telefonlarning qonuniy importi bir necha barobarga oshdi

O‘zbekistonga mobil telefonlarning qonuniy importi bir necha barobarga oshdi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yilning yanvar-oktyabr oylari holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 781,7 mingta mobil telefon import qilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 10 baravarga ko‘p. Telefonlar importining umumiy miqdori 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan.  Bu haqda «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Telefon importida eng katta ulushi bo‘lgan davlatlar:

  • Xitoy — 556,6 ming dona (71,2%);
  • Vetnam — 143,4 ming dona (18,3%);
  • Hindiston — 36,7 ming dona (4,7%);
  • BAA — 23,9 ming dona (3,1%);
  • Rossiya — 11,3 ming dona (1,4%).

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatga olish tizimi joriy etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring